10/05/2024

     Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

     Jumladan, joriy yilning 10-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Oltinko‘l tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oltinko‘l tumani Dalvarzin MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech