So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da yo‘lovchi aylanmasi 90420,7 mln.yo‘l.kmni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan  103,2 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p Toshkent viloyatida – 13 321,5 mln. yo‘l. kmni tashkil qildi.

2022-yilning dekabr oyida sement narxi oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, 2021-yilning yakuniga nisbatan uning narxlari 6,1 % ga oshdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra respublikamizda jami 367 149 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72 235 dona “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 131,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5 104,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-noyabriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 % darajasida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 101 617 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 143,0 % ni tashkil etdi.

✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari  (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha Andijon (28,6 %), Surxondaryo (27,9 %), Toshkent (27,9 %) va Farg‘ona (25,9 %) viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida (25,1 %) yuqori o‘sish kuzatildi. Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining nisbatan pastroq o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasida (19,4 %) qayd etildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.    

2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 8 436,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 24,8 % ga, 2018- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 52,1 % ga o‘sdi.

2022- yilning dekabr oyida mamlakat ichki yoʻnalishlari uchun aviachiptalar narxlari 4,0 % ga, xalqaro yoʻnalishlar uchun 15,1 % ga oshdi.

2022- yilda 70,0 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O’zbekistonga tashrif buyurgan. Ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021- yilda 32,4 ming nafar) 37,6 ming nafarga yoki 2,2 martaga oshganini kuzatish mumkin.

2022- yilda 87 105 dona “Lacetti-Gentra” avtomobilining ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining katta hajmi Toshkent shahrida 16 074,2 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatkichning 56,9 % i, Toshkent viloyatida  5 708,6 mlrd. so‘m yoki 54,7 % i, Samarqand viloyatida  5 140,9 mlrd. so‘m yoki 66,3 % i qayd etildi.

2022- yilning o‘tgan 11 oyi davomida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 65,1 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 24538,1 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p ulushni dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar bo‘yicha xizmatlar – 39,6 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,3 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar nashr qilish bo‘yicha xizmatlar va boshqa noshirlik xizmatlari – 22,1 % ni egallaydi.