So'nggi yangiliklar
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1-fevral holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 442 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyida bu sohada 118 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .
2023- yilning yanvarida nok narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 17,6 % ga past boʻldi.
2023- yil 09- fevral kuni boshqarmada navbatdagi “Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.
2023-yilning yanvar oyida olma narxlari 2022- yilning yanvariga nisbatan 22,7 % ga past boʻldi.
08/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2022- yilda, qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 4 798 tani tashkil etib, ularning soʻnggi besh yildagi dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:
08/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 304,0 tonna yarim dudlangan va dudlangan kolbasalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,9 % ni tashkil etdi. Shundan 935,0 tonna yarim dudlangan va dudlangan kolbasalar dekabr oyida ishlab chiqarilgan.
08/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mahalliy yoʻnalishda jami 6 345 dona aviaparvozlar amalga oshirilgan boʻlib, 1 kunda oʻrtacha 17 ta aviaparvozlar amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston 2022-yilda xorijga qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 237,1 mingta televizor eksport qilgan.
2023-yilning yanvar oyida mobil telefonlarning 2022-yilning yanvariga nisbatan narxlari 7,0 % ga past boʻldi.
08/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 36 721 ta, jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 6,7 foizni (soni 527 222 ta) tashkil etdi va so’nggi besh yilda ularning o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
08/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 857,0 tonna paxtadan yigirilgan tikuv iplari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,7 martani tashkil etdi. Shundan 670,2 tonna paxtadan yigirilgan tikuv iplari dekabr oyida ishlab chiqarilgan.
2022- yil yakunlariga ko`ra axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 80,4 trln. soʻmni tashkil etdi. 2021-yilning mos davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining oʻsish surʼati 129,3 %ga yetib, bu esa umumiy xizmatlar tarkibidagi oʻsish koʻrsatkichlari orasida yetakchi boʻlib hisoblanadi.
Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 179,9 trln.soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 25,8 mln.AQSH dollariga teng boʻlgan 9,1 ming tonna shampun import qilingan.
07/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 177,4 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.
2022- yilda YAIM deflyator indeksi 2021- yildagi narxlarga nisbatan 113,8 % ni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori qurilishda – 114,3 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida 120,5 % qayd etildi.
07/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston 2022-yilda 10 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,3 ming tonna limon eksport qilgan.
325-sahifa 383 dan



