29/06/2026

Andijon viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Andijon viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.



Tadbir davomida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat funksiyalari yuklatilgan mas’ul xodimi M. O‘rinboyev tomonidan xodimlarga “Statistika boshqarmasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan ishlarning holati” mavzusida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning asosiy yangiliklari hamda amaliy ahamiyati xodimlarga atroflicha tushuntirildi.



Huquqiy targ‘ibot jarayonida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat vazifalarini halollik, xolislik va qonuniylik tamoyillari asosida bajarish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat odobi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, yangi qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmuni hamda ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javoblar qaytarildi.



Andijon viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan bunday huquqiy targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya