Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotiga kora, 2025-yil 1-noyabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 874 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 100 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 774 tani tashkil qildi.
2025-yilning yanvar-oktabr oyilarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 24 272,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-oktabr oyilariga nisbatan 107,9 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 873,5 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi 22 398,6 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,3 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 3 547,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 106,9 %) tashkil etdi.




