So'nggi yangiliklar

Qo‘rg‘ontepa tumanida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida  ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 1482,1 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning shu davriga nisbatan 102,5 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 7,1 foizni tashkil qildi.

Qo‘rg‘ontepa tumanida  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida 538,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 83,8 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga Qo‘rg‘ontepa tumani doimiy aholi soni 226,1 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 5,0 ming kishiga yoki 0,2 foizga ko‘paydi.

2023- yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlari soni 2350 tani tashkil etib, shundan 2227 tasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlari soni 584 tani tashkil etadi. O‘z navbatida faoliyatini tugatgan kichik biznes sub’ektlari soni 153 tani tashkil etmoqda.

Baliqchi tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari moliyaviy xizmatlar (119,4 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (128,1 %), ta’lim sohasidagi xizmatlar (132,9 %), boshqa xizmatlar (119,5 %)da qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Baliqchi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 1647,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 100,7 foizni tashkil etdi.

Asaka tumanida 2022- yilning yanvar-dekabr oyi holatiga chakana savdo tovar aylanmasi 1 974,3 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning shu davriga nisbatan 105,6 foizni tashkil qildi.

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan chet el investitsiyasi kiritilgan korxonalar soni 446 tani tashkil qilib, Asaka tumanida
29 tani tashkil etadi, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan 29 ta, yangi tashkil etilgani 6 tani tashkil etadi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 1083,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 102,6 foizni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni, 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagiсha:

Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 104,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga koʻra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 919,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2022- yil oxiriga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kmni tashkil etib, 2017- yilga (42 695 km) nisbatan 174 kmga yoki 0,4 %ga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 ming tonna limon eksport qilgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni jami 870,6 ming nafarni tashkil etgan, shundan, 475,4 ming nafarini (jamiga nisbatan 54,6 %) erkaklar va 395,2 ming nafarini ayollar (jamiga nisbatan 45,4 %) tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2023-yilning yanvar-fevral oylarida yangi tashkil etilgan qurilish sohasidagi korxonalar soni 849 tani tashkil etdi. So’nggi besh yilning mos davrlarida yangi tashkil etilgan qurilish sohasidagi korxonalar soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizda savdo sohasida 5 512 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. So‘nggi besh yilning mos davrlarida yangi tashkil etilgan savdo sohasidagi korxonalar soni quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 897,6 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 23,8 % ga oshgan. 2023-yilning fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 432,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.