So'nggi yangiliklar
10/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 11,4 % ni tashkil etdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga ko‘paydi.
10/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, elektr uskunalari ishlab chiqarishning jami ishlab chiqarish sanoatidagi ulushi 1,0 % ni, fizik hajm indeksi 147,3 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 340,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 66 331 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 360,2 ming tonna sut (2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 103,3 % ga ko‘p) yetishtirildi.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 883 ta yoki 91,3 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-avgust oyi holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 841,9 ming so‘mni (2022-yilning yanvar - avgust oyiga nisbatan 103,9 %) tashkil etdi.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Tahliliy natijalarga ko‘ra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa (99,2 %), Ulug‘nor (99,1 %), Shahrixon (98,7 %) va Buloqboshi (98,6 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar-avgust oylarida 107,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 27,1 ming tonnaga ko‘paydi.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 663 tonna amortizatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 48,4 % ga oshgan.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 677,9 mlrd so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,8 % ni tashkil etdi.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,4 % ni tashkil etdi. 2022-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ni tashkil qildi.
Respublikamizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 60 909 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. Ularning so’nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi esa quyidagicha:
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Oltinko‘l tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 25,6 %), Xonobod shahrida (26,3 %) va Andijon tumanida (21,4 %) kuzatildi.
2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Andijon viloyatida 5,3 mingta sport inshootlari, 956 ta jismoniy tarbiya jamoalari va 30 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
09/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,2 % ni, fizik hajm indeksi 158,0 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 512,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
05/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida savdo faoliyati bilan band bo‘lganlarning ulushi 44,9 % yoki 9 026 birlik bilan ustunlik qiladi, shundan 99,8 foizi (9 008 birlik) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
05/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 40,5 million AQSH dollarini yoki umumiy importning 2,4 % ini tashkil etdi.
05/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Shahrixon (82,0 %), Marhamat (81,3 %) va Paxtaobod tumanlari (80,3 %)da kuzatildi.
237-sahifa 387 dan




