So'nggi yangiliklar
06/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar-sentabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 24,7 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022-yilning mos davriga nisbatan 12,0 % ga kamayib, so‘ngi uch yilda o‘rtacha ko‘rsatkichni qayd etdi.
06/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 118,3 ming tonna mazut ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,1 % ga oshgan.
06/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 65,6 %ni tashkil etdi.
06/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yil 1-oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni har 1000 aholiga nisbatan 9,6 birlikni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 2,1 birlikka kamaygan.
06/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 4 456,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,7 martaga oshdi.
06/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 3,9 % (2022-yilning yanvar–sentabr oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 86,7 %)ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining tovar va xizmatlar eksport hajmi 5 332,4 mln. AQSh dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 126,3 %ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da tovar va vaxizmatlar import hajmi 13 440,6 mln. AQSh dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,9 %ni tashkil etdi.
03/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Buloqboshi tumanida kuzatildi – 98,1 % yoki 3 592,8 mlrd. so‘m. Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Asaka tumanida kuzatilib, 35,9 % ni yoki 276,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
03/11/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylari.da kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 52,1 %ni tashkil etdi.
03/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil 3-noyabr kuni boshqarmada navbatdagi “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev, boshqarma bolig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov va D. Yangiyevlar, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr kungi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoni mazmun-mohiyati, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilangani haqida, tizim xodimlariga qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
03/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 67 956 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. Ularning so‘nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:
Joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimining Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Resurslar va ishlatilish jadvallari” mavzusida tashkil etilgan mintaqaviy seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
03/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida paxtani qayta ishlash va ip gazlama sanoatining ulushi 8,6 %ni (2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,6%) tashkil etdi.
03/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 2-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev hamda Asaka tumani statistika bo‘limi boshlig‘ Z. Bozarboyev bilan birgalikda Asaka tumanida sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan Yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-sanoat (JSh) kuzatuvi bo‘yicha belgilangan nuqtalarga chiqib kuzatuv nazorati o‘tkazdilar.
03/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 3-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari M. Yusupov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i X. Xoldarovlar tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.
2023-yil yanvar-sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yukori ko‘rsatkichi–axborot va aloqa sohasi to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 206,0 % ni tashkil etdi.
224-sahifa 387 dan




