So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 886,8 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan.

Andijon viloyatining boshqa xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 2022-yilning mos davriga nisbatan 31,4 % ga ko‘paydi va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 75,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 283 340,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-oktabr oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 310,1 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,8 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, jami 5 147,5 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi  qonunining 6-moddasida aholini ro‘yxatga olishning asosiy prinsiplari belgilab berilgan. 

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-oktabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 11,4 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 559,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida metallurgiya sanoati 53,0 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmining 0,1 % ni tashkil etib, fizik hajm indeksi 42,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 22 703 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 24,7 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022-yilning mos davriga nisbatan 13,7 % ga kamayib, so‘ngi uch yilda o‘rtacha ko‘rsatkichni qayd etdi.

Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Andijon shahri 27,4 % bilan 4 462,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni esa, Xonobod shahri 1,1 % bilan 179,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 027 dona mototsikllar ishlab chiqarilgan.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-oktabr oylarida sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 18,6 % ulushini tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2022-yil yakini bo‘yicha tez tibbiy yordam stansiyalari va bo‘linmalari soni 145 tani tashkil etdi. Yil davomida aholi tomonidan 1 409,1 mingta chaqiriqlar bo‘lgan. Jami 3 011,7 ming nafar bemorlarga tez tibbiy yordam xizmati ko‘rsatildi.

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 216 tadan iborat bo‘lib, ular viloyatdagi jami yuridik maqomiga ega jami MTT larining 28,2 % ni tashkil etadi.

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha, turistik faoliyat bilan shug‘ullangan tashkilotlar soni 4 tani tashkil etdi. Ular tomonidan 951 nafar tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatilgan. Jami sayyohlardan 217 nafari xorijiy mamlakatlarga jo‘natildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 256 533 ta nikoh holatlari qayd etilgan.