So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5,3 mln tonnani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 234,7 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 91 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning 1-avgust holatiga ko'ra Xonobod shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni 110 tani tashkil etdi.

2024-yilning 1-avgust holatiga Andijon viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 1 857 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan.

2024-yilning 1-avgust holatiga 14 266 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 86,8 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 3,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 725,7 ming tonna tabiiy gaz kondensati ishlab chiqarilgan.

Andijon viloyatida 2024-yilning yanvar-iyul oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 12 186,3 ming so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida 9,6 ming nafar Ozarbayjon fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 27-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 23 980,1 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning 1- iyul holatiga Oʻzbekistonda 1 km kv yer maydoniga oʻrtacha 82,7 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida viloyat boʻyicha sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 14,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 483,7 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonda yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 15,3 trln soʻm ishlar bajarilgan.