08/05/2024

     9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2024-yil 8-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” mavzusida  ma’naviyat  soati  bo‘lib  o‘tdi.  Tadbirda   boshqarma  boshlig‘i    N.G‘. To‘xtaboyev, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

      Tadbirda ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva so‘z olib, xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan ekanligini, el-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idaligini, 9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ezgu maqsad borligita'kidlab o‘tildi.

     II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etib, shulardan 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytganligi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘lganligini, hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar borligini, o‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarni esa qadriga yetish kerakligini, zero xotira muqaddas – inson qadri hamisha azizligini ta’kidlab o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech