Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Joriy yilda dasturlarga asosan 97 ta ijtimoiy soha obʼektlarining qurilishi va rekonstruktsiyasi koʼzda tutilgan boʼlsa, vazirlik va idoralar buyurtmasiga asosan 16 ta obʼektlar qayta taʼmirdan chiqariladi. Jami 113 ta obʼektlarga 446 mlrd. 490 mln. soʼm mablagʼ sarflanishi rejalashtirilmoqda. Dasturlar asosida bu yil viloyatimizda 20 ta sogʼliqni saqlash tizimi, 26 ta umumtaʼlim maktablari, 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalari hamda 14 ta boshqa ijtimoiy soha obʼektalarida mukammal taʼmir ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimi dastlab pudratchi tashkilot rahbarilari, maktab direktorlari, MTM mudiralari hamda bosh shifokorlar bilan bajarilayotganlarni ishlarning sifati, yakunlash muddati va muammolari haqida birma-bir suhbatlashdi.

 

Marhamat tumanida olib borilayotgan “Obod tuman markazi” loyihasining bajarilishini ham nazoratdan oʼtkazdi. Shuniningdek, 2019 yilda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasidagi amaliy ishlarning borishi bilan qiziqdi. Bu borada shahar-tuman hokimlarining qurilish ishlari boʼyicha oʼrinbosarlari axborotlari tinglandi. Xususan, dastur doirasida 42 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, joylarning infrutuzilmalari yanada yaxshilanadi. 14 tumanlardagi dasturga kiritilgan mahallalarga 196 km masofaga ichimlik suvi, 169 km elektr tarmoqlari, 46.2 km tabiiy gaz tarmogʼi tortiladi, 196,6 km markaziy hamda 265,1 km ichki yoʼllar taʼmirdan chiqariladi. Jami ishlar uchun 113 mlrd. 904 mln. soʼm mablagʼ sarflanishi koʼzda tutilgan. Bu borada ham soha rahbarlari va pudratchilarning har birlari bilan birma-bir suhbatlashib, har bir qilinayotgan ishning sifatiga alohida eʼtibor berish va oʼz muddatida yakunlashlari boʼyicha toshiriq va koʼrsatmalar berdi.

Tugmani bosing Tinglash