АNDIJON VILOYATI
STАTISTIKА BOSHQАRMАSI

O’zbekuston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi Raisi tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 29 mart kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tashkil etildi.

Navbatdagi sayyor qabulda O’zbekuston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi Raisining o’rinbosari M.Ziyadullayev va Andijon viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i V.K.Novik ishtirok etdilar.

Uchrashuv  Jalaquduq  tuman hokimligi bilan birgalikda tashkil etilib, unga boshqarma boshlig’ining o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, korxona va tashkilot raxbarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar, ularning hisobchilari taklif qilindi. Yig‘ilishda O’zbekuston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi Raisining o’rinbosari M.Ziyadullayev so‘zga chiqib, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, uning talablari va davlat organlari  tomonidan ko’rib chiqish tartibi va bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida batafsil to‘xtaldi.

Shundan so’ng, boshqarma boshlig’i V.Novik so’zga chiqib, Davlat statistika organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Xukumat qarorlari statistika soxasiga oid qonunchilik va me’yoriy huquqiy hujjatlar talablarini tadbirkorlik sub’yektlariga tushuntirish hamda ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo’lgan kamchiliklarni oldini olish borasida 2018 yil davomida amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari to’g’risida ham axborot berib o’tdi.

 Sayyor qabul davomoda jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki murojaatlari to’liq javoblar bilan qanoatlantirildi va tushuntirishlar berildi.  

Ma`lumotda xato topdingizmi? Uni belgilang va quyidagilarni bosing Ctrl + Enter
© 2010-2017 Аndijon viloyati stаtistikа boshqаrmаsi.