Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

Joriy yilning 11 yanvar kuni Andijon viloyati Oltinko’l tumani statistika bo’limida kichik biznes sub’yektlari  ishtirokida kichik biznes sub’yektlari  tomonidan 2018 yil uchun taqdim etiladigan 1-KB shakli (yillik) davlat statistika hisobotiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida o’quv-amaliy seminar tashkil qilindi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-sonli Qarori bilan tasdiqlangan, “2018-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ga  asosan, Davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish va interfaol xizmatlar sifatini oshirish, Respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig’ish to’plash, saqlash, qayta ishlash va e’lon qilishning yaxlit tizimini shakllantirish maqsadida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirilayotgani aytib o’tildi.

Mazkur seminarda boshqarmaning Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo’limi boshlag’i o’rinbosari  D.Qosimov so’zga chiqib. Kichik biznes sub’yektlarining yil yakuni yuzasidan davlat statistika organlariga taqdim etgan 1-KB shakli (yillik) davlat statistika hisobotlarida yo’l qo’yilayotgan hato va kamchiliklar ularni bartaraf etish, hisobot shaklini to’ldirishda turli yo’nalshlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari misolida hisobot ma’lumotlari eStat3.0 dasturiga kiritilib, mantiqiy xatolarni bartaraf etish, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar (ish, xizmatlar)ni “Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha maxsulotlarning (tovarlar, ishlar va xizmatlarning) statistik tasniflagichi” asosida kodlashtirish bo’yicha tavsiyalar, kichik biznes sub’yektlari 2018 yil uchun taqdim etadigan 1-KB shakli (yillik) davlat statistika hisobotiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida ma’lumotlar berdi.

Seminar yakunida tadbirkorlarning xuquqiy savodhonligini oshirish va xuquqbuzarliklarni oldini olsh maqsadida, viloyat statistika boshqarmasi tizimi organlari tomonidan har oyda tashkil etilayotgan seminar-uchrashuvlarda faol ishtirok etib, tadbirkorlik yo’nalishida mavjud muammolar borasida o’z fikr va  muloxazalarini bildirishi soxaga oid takliflarni kiritib borishlari so’raldi.

Tugmani bosing Tinglash