05/04/2024

     2024-yil 5-aprel kuni boshqarmada navbatdagi “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

     Boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva mavzu bo‘yicha so‘z olib, Amir Temurning davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlari, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyib, ulardan jamiyat manfaati yoʻlida foydalanish uchun qatʼiy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizm tizimini yarata olganligini, oʻz navbatida, “Temur tuzuklari” asari davlatni idora qilish usullari, qoʻshinni tashkil etish qoidalari, urushlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan turli harbiy uslublar singari qator siyosiy, huquqiy, harbiy va axloqiy gʻoyalar va meʼyorlarni oʻz ichiga olganligini aytib o‘tdilar.

     Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida “Temur tuzuklari” asari haqida baxs munozaralar bo‘ldi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech