Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq,

Hay’at quyidagilarni amalga oshiradi:

  • statistika faoliyati samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajada davlat statistika organlarining funkstiyalari va vazifalarini takomillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda davlat statistika tizimi faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy yo’nalishlarini tanqidiy ko’rib chiqish;
  • davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Davlat statistika qo’mitasi faoliyatida boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
  • davlat statistika ishlari bajarilishining borishi natijadorligini har chorakda tanqidiy ko’rib chiqish;
  • xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan statistik axborotlarni almashishni tashkil etish, shuningdek statistik axborotlarni xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga taqdim etish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan tushgan murojaatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqish asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlovchi ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasidagi eng muhim muammolarni hal etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining dolzarb masalalarini muhokama qilgan, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli qarorlar ishlab chiqqan va qabul qilgan holda, kengaytirilgan sayyor hay’at yig’ilishlari o’tkazilishini tashkil etish;
  • hududiy statistika organlari hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tizimli asosda tashkil qilish, ularga yuklangan vazifalar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlash.

Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yil 30 avgustdagi 6-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan tegishli topshiriqlar va 27 sentyabrdagi 87-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan boshqarma Nizomining 4-bob, 20-bandida belgilangan ko‘rsatmalar hamda joriy yilning 23 oktyabridagi №01/1-02-18/3-467-sonli rozilik xati ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon Viloyat Statistika Boshqarmasida Hay'at tarkibi quyidagilar biriktirilgan:

 

Novik Vladimir Kuzmich Boshqarma boshlig‘i
To‘xtaboev Nodirbek G‘anijonovich Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Mamajonov Akmaljon Alievich Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Xamrakulov Xurshidbek Kozimjon o‘g‘li Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i
Mamatov Nodirbek Toxirjonovich Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i

     

     

 

 

Tugmani bosing Tinglash