АNDIJON VILOYATI
STАTISTIKА BOSHQАRMАSI

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda Andijon viloyatida 775 yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Buning natijasida 683 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, 50 dan ziyod kishi bevaqt vafot etgan. Yo‘l-transport hodisalari tahlil qilinganda, ularning 92,2 foizi haydovchilar aybi bilan sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Bu kabi achinarli holatlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, haydovchilar mas’uliyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23-fevraldagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorishu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Ushbu hujjatda avtomototransport vositalaridan foydalanish jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish, transport egalarining yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha javobgarligini oshirish, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, qarorda yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar malaka oshirish kurslarida o‘qishibelgilangan.

Shu o‘rinda qarorda nima uchun aynan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari haydovchilarining malaka oshirishi belgilangan, degan savolga izoh berib o‘tish joiz. Yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilari bevosita boshqa shaxslarga xizmat ko‘rsatadi. Ya’ni uning mas’uliyati shaxsiy transport vositasi haydovchisiga nisbatan katta. Shu ma’noda, ko‘plab insonlar hayotiga mas’ul shaxsning malaka darajasi yuqori bo‘lishi, u muntazam ravishda malaka oshirib borishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, qarorda avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ma’muriy jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon topshirguniga qadar, albatta,malaka oshirish kursida tahsil olishi ham belgilab qo‘yildi.

Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash davlat va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Andijon viloyatida mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Avtotest Andijon” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Markaz zarur texnik vosita va jihozlar bilan ta’minlangan.Xususan, zamonaviy jihozlangan 10 auditoriya tashkil etilib, 30 soatlik malaka oshirish kursi video va 3D animatsion roliklari asosida multimedia vositalaridan keng foydalanilgan holda 4 smenada olib borilmoqda. O‘qish jarayoniga maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar majmuasi joriy etilgan.

Ayni kunga qadar markazda 2 mingdan ziyod haydovchi malaka oshirish kursini tamomladi.

Manba: O'zA

Ma`lumotda xato topdingizmi? Uni belgilang va quyidagilarni bosing Ctrl + Enter
© 2010-2017 Аndijon viloyati stаtistikа boshqаrmаsi.