АNDIJON VILOYATI
STАTISTIKА BOSHQАRMАSI

Navro‘zi olam tantanalari davom etayotgan shukuhli kunlarda Andijonda yana bir tantana.

Viloyatimizning Eski shahar hududida qad rostlagan Andijon Registoni nomi bilan ko‘pchilikni qiziqtirayotgan majmuaaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat hokimi shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida viloyat faollari, mahalliy kengash deputatlari, mehnat faxriylari, partiya faollari va yoshlarning vakillari ishtirok etdilar.

Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan bu maskan o‘zgacha qiyofada. Yo‘laklardan tortib majmuadan o‘rin olgan binolarning ko‘rinishi san’at asari darajasida. Viloyatimiz tarixining ko‘zgusi.

Samarqanddagi mashxur Registon maydonidan sira qolishmaydi. Beixtiyor hayolan bir dam o‘tmishga sayoxat qilish barobarida bugungi kun, Prezidentimiz tomonidan boy tariximiz va milliyligimizga bo‘lgan e’tibordan xursand bo‘lasiz.

- Andijonimizning har bir go‘shasi obod bo‘layotgan bir vaqtda bu joyda ham qurilish ishlari boshlanganda keskin o‘zgarib ketishini tasavvur qilmagandik,-deydi Andijon tumanida yashovchi mehnat faxriysi Ashurxon Qo‘ziboeva.- Qarang, me’moriy obidaning bezatilishi-yu naqshinkor devorlarini ta’riflash qiyin. So‘z bilan ifodalay olmayman. Bundan faqat faxrlanish mumkin.

Ha, O‘lkashunoslik muzeyi majmuasining ochilishi andijonliklar uchun chin ma’noda bayram shodiyonasiga aylandi. Keksa-yu yoshning dillarida quvonch, shodlik. O‘zbekiston Xalq artisti SHerali Jo‘raev boshchiligidagi ijodiy jamoaning konsert dasturi davraga yanada fayz kiritdi. El sevgan san’atkorning Andijon xaqidagi qo‘shig‘i yangraganda tadbir ishtirokchilari ham jo‘r bo‘ldilar. Alvon rangdagi tungi yoritkichlar ham davraga o‘zgacha fayz berib, tadbir qatnashchilarining kayfiyatini ko‘tardi.

 auz.uz

Ma`lumotda xato topdingizmi? Uni belgilang va quyidagilarni bosing Ctrl + Enter
© 2010-2017 Аndijon viloyati stаtistikа boshqаrmаsi.